Kamalak foreli, qora sazan: O‘zbekistonda yangi baliq turlari yetishtiriladi

O‘zbekistonda intensiv usullarda baliq yetishtirishni joriy etish, ilmiy-texnik grantlar ajratish, venger karpi, tilyapiya, laqqasimon, kamalak foreli, qora sazan kabi yangi baliq turlarini yetishtirish belgilandi.
Sputnik

TOShKENT, 3 avg — Sputnik. Baliqchilik sohasidagi ilmiy faoliyatni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi.

O‘zbekistonda baliqchilikka ixtisoslashgan erkin iqtisodiy zona tashkil etiladi

Qaror bilan 2018–2021 yillarda baliqchilik sohasida ilmiy faoliyatni takomillashtirish va xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi.

"Dasturda intensiv usullarda baliq yetishtirishni joriy etish, ilmiy-texnik grantlar ajratish, venger karpi, tilyapiya, laqqasimon, kamalak foreli, qora sazan kabi yangi baliq turlarini yetishtirish belgilandi", - deyilgan "Huquqiy axborot" kanali xabarida.

Shuningdek, dasturda Astraxan davlat texnika universitetining filialini ochish, Xitoyning Baliqchilik Fanlar akademiyasi bilan birgalikda O‘zbekiston hududida Qizil kitobga kiritilgan “Turkiston mo‘ylovdori” populyatsiyasini ko‘paytirish nazarda tutilgan.

Bundan tashqari Turkiyaning “Chuchuk suvlar baliqchiligi” instituti bilan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish belgilandi.