Abduvaxitov Diplomatiya universitetiga rektor etib tayinlandi

Abdujabar Abduvaxitov joriy yil fevral oyida Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari etib tayinlangan edi
Sputnik

TOShKENT, 1 avg - Sputnik. Hukumat qarori bilan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori etib Abdujabar Abdusattarovich Abduvaxitov tayinlandi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

"Elchi bo‘lsa-yu": Mirziyoyev elchilarga mudrab yotmaslikni maslahat berdi

Eslatib o‘tamiz, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Abdumalik Jumanov yanvar oyida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda o‘z egallab turgan lavozimidan bo‘shatilgan edi.

Abdujabar Abduvaxitov joriy yil fevral oyida Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari etib tayinlangan.

Abduvaxitov 2002−2011 yillarda Toshkentdagi Vestminster universiteti rektori lavozimida faoliyat yuritgan. 2011—2012 yillarda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori bo‘lgan. So‘ngra Prezident huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasiga rektorlik qilgan.