O‘zbekiston harbiylari Elbrus cho‘qqisni zabt etishmoqda

Konkurs hakamlari O‘zbekiston harbiy jamoasi natijasini yuqori baholashmoqda.
Sputnik

TAShKENT, 29-iyul – Sputnik, Anton Kurilkin. 28 iyul shanba kuni “Elbrus halqasi” - IV Xalqaro Armiya o‘yinlari boshlandi. Bu yil O‘zbekiston harbiylari ushbu xalqaro o‘yinlarda ikkinchi marotaba ishtirok etmoqda.

Konkurs tashkilotchilari xabariga ko‘ra, ayni damda Rossiya, Xitoy va Qozog‘iston harbiylari yetakchilik qilmoqda. O‘zbekiston harbiylari ham muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. Tanlov hakamlari aytishiga qaraganda, ularning natijalari yetakchi uch jamoa natijasiga juda yaqin.

O‘zbekiston askarlari Elbrusni “zabt” etish bo‘ycha xalqaro harbiylar musobaqasida qatnashadi

Shuningdek, hakamlar konkursda ishtirok etayotgan Hindiston va Marokko jamoalari ham juda yuqori tayyorgarlik darajasini namoyish qilayotganini qayd etishdi.

Xalqaro Armiya o‘yinlari Kabardin-Balkariya respublikasi, Elbrus tog‘i yonidagi “Treskol” bazasida bo‘lib o‘tmoqda. Tanlovning asosiy qismi hali oldinda. Jamoalar yana bir necha bosqichdan o‘tishlari, jumladan Elbrus cho‘qqisini ham zabt etishlari kerak.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili O‘zbekiston harbiylari “Elbrus halqasi” konkursida to‘rtinchi o‘rinni egallashgan edi.