Tojikistonda erkaklar uchun kiyinish qoidalari e’lon qilindi

Tojikiston Madaniyat vazirligi erkaklar uchun turli sharoitlarda tavsiya etiladigan kiyinish qoidalari haqida kitob chiqaradi.  
Sputnik

TOShKENT, 29-iyul – Sputnik. Tojikiston Madaniyat vazirligi erkaklar uchun tavsiya etiladigan kiyinish qoidalari haqidagi kitobni bosib chiqarishga tayyorgarlik ko‘rmoqda, deb xabar qilmoqda Sputnik Tojikistan.

Madaniyat vazirligi vakili Shamsiddin Orumbekzoda aytishiga qaraganda, ushbu kitob  erkaklar kiyinish madaniyatini oshirishga qaratilgan.

“Bizning maqsadimiz odamlarga kiyim kiyish madaniyatini o‘rgatish, ularga qasi uslubdagi kiyim qanday joyga to‘g‘ri kelishini tushuntirish. Masalan rasmiy majlis yoki to‘yga qanday to‘g‘ri kiyim tanlashni o‘rgatishdir”, - deydi Orumbekzoda.

Tojikiston hukumati ayollar uchun liboslar yo‘riqnomasi ishlab chiqdi

Eslatib o‘tamiz, biroz oldin Tojikistonda ayollar uchun ham kiyinish qoidalari bayon etilgan xuddi ana shunday shunday kitob chop etilgan edi. 368 varaqdan iborat kitobda aksariyat liboslar eskizlari va namunalari o‘rin olgan.

Kitobda 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan qizlar va ayollar uchun kundalik va tantanali marosimlar uchun kiyinish qoidalari tushuntirib berilgan.

Kitobda, xususan, kalta yubka, qora ro‘mol va kalish kiyish tavsiya etilmasligi aytib o‘tilgan va milliy uslubdagi kiyim boshlarga alohida e’tibor qaratilgan.