Krivosheyev: yoshlar pul topish ilinjida "Islom davlati" safiga qo‘shilmoqda

Federal xavfsizlik xizmati faxriysi, “Vimpel” davlat xavfsizligi tahliliy markazi direktori Sergey Krivosheyev Markaziy Osiyodan fuqarolar “Islom davlati” terrorchilik uyushmasi safiga qo‘shilishining asosiy sabablarini so‘zlab berdi.
Sputnik

Ekspert so‘zlariga ko‘ra, birinchi navbatda, mintaqadagi iqtisodiy vaziyat va ishsizlik Markaziy Osiyo yoshlarini terrorchilar tomonida jang qilishga undamoqda.

Qirg‘izistonda jangarilar lageriga yo‘l olgan o‘zbekistonlik shaxs qo‘lga olindi

"Hozir, "Islom davlati" guruhining katta qismi Markaziy Osiyo respublikalari chegaralari yaqiniga borgan. Ularning g‘oyalaridan ta’sirlangan yoki oddiygina pul topishni maqsad qilib qo‘ygan yoshlar o‘z umrlarini xavf ostiga qo‘yib, terrorchilar tarafida jang qilish uchun ketmoqda. O‘zbekistonda bunday holatlarni oldini olish bo‘yicha keng qamrovli ish olib borilmoqda. Xususan, jang qilgan terrorchilar sud qilinmoqda, tegishli profilaktika ishlari amalga oshirilmoqda. Biroq bu muammo yechimining asosiy  mexanizmi - iqtisodiy", - deb ta’kidladi Krivosheyev.

Bundan tashqari, maxsus xizmatlar faxriysi ta’kidlashicha, mintaqaning vakolatli organlari o‘z faoliyatlarini muvofiqlashtirib, terrorchilar, ayniqsa internetdagi tashviqotlarni cheklash bo‘yicha boshlangan ishni davom ettirishlari zarur.

Krivosheyev: yoshlar pul topish ilinjida "Islom davlati" safiga qo‘shilmoqda

Xususan, iyun oyi oxirida Qirg‘iziston janubida Afg‘onistondagi ID terrorchilarini tayyorlash lageriga ketayotgan o‘zbekistonlik shaxs qo‘lga olindi. Uni ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash xizmati tezkor xodimlari qo‘lga olishdi.