O‘zbekistonda 527 va 648 million so‘mlik antiqa avtomobillar sotuvga qo‘yildi

Ushbu antikvar avtomobillar bo‘yicha kimoshdi savdosi 2-avgust kuni bo‘lib o‘tadi.
Sputnik

TOShKENT, 26-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda antiqa avtomobillardan ikkitasi boshlang‘ich narxlar bilan E-ijro Auksion yagona elektron savdo maydonchasida sotuvga qo‘yildi.

O‘zbekistonda Brejnevni olib yurgan "Chayka" limuzini sotuvga qo‘yildi

Ulardan birining boshlang‘ich narxi 527 million so‘m, ikkinchisiniki esa 648 million so‘m deb belgilandi.

Mazkur auksionda qatnashish uchun avtomobillar boshlang‘ich qiymatining 5 foizi miqdorida zakalat puli (tegishli ravishda 26 million va 32 million so‘m) to‘lash kerak.

Ushbu antikvar transport vositalari sud qarori bilan auksionga qo‘yilgan.

Arizalar 31-iyulga qadar qabul qilinadi. Kimoshdi savdosi 2-avgust kuni bo‘lib o‘tadi.