O‘zbekiston volfram qazib olishni boshlaydi

Lyukesemburgning IFG Capital Partners kompaniyasi va O‘zbekiston Geologiya qo‘mitasi Samarqanddagi volfram konini ishga tushirishni rejalashtirmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 25-iyul – Sputnik. Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi va bosh ofisi Lyuksemburgda joylashgan IFG Capital Partners kompaniyasi o‘rtasida Samarqand viloyati Urgut tumanida joylashgan Yaxton volfram konini ishga tushirish rejalashtirilmoqda, deb xabar qilmoqda “Xalq so‘zi” gazetasi.

“Agar tadqiqotlar ijobiy bo‘lsa, IFG mazkur volfram konini sanoat yo‘li bilan o‘zlashtirishni tashkil etadi. Mazkur kompaniya dastlabki bosqichga zudlik bilan kirishishni mo‘ljallayapti. Bu burg‘ulash ishlarini ham o‘z ichiga oladi. Shu asosda mavjud zaxiralar tasdiqlab olinadi, rudani qayta ishlashning optimal ssenariysi aniqlanishi uchun metall tekshiruvlar o‘tkaziladi”, - deyiladi xabarda.

O‘zbekiston uchun kurashda nega Janubiy Koreya g‘olib chiqdi

Ma’lumot uchun, Yaxton Samarqand viloyati Urgut shahri yaqinida joylashgan volfram konidir. Bu yerda volfram uch oksidining sezilarli zaxirasi (20 tonnadan ziyod) mavjud deya taxmin qilinmoqda.

Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi raisi Bobir Islomov bu borada erishilgan kelishuvga izoh berar ekan, O‘zbekiston mineral resurslarga boy ekanligi, volfram sanoati esa uzoq vaqt foydalanilmay kelingan javohir ekanligini ta’kidladi.

IFG Capital saytida aytilishiga ko‘ra – bu mustaqil investitsion firma bo‘lib, uning asosiy faoliyati O‘zbekiston va Markaziy Osiyoga qaratilgan. Kompaniya metallurgiya va tog‘-kon sohasida moliya va konsalting xizmatlarini taklif qiladi. Kompaniyaning bosh ofisi Lyuksemburgda joylashgan.

2016 yilda Sautbayda tog‘-kon majmuasi qurilishi boshlanadi

IFG va IFG Metals and Mining boshqaruvchi sherigi Olga Pankratovaning aytishicha, kompaniya O‘zbekiston volfram sanoati tiklanishida ishtirok etayotganidan xursand va mamlakatni nafaqat dunyoda volfram ishlab chiqaruvchilardan biriga, balki investitsiyalar uchun jozibali joyga aylantirish uchun ko‘mak berishga tayyor.

Volfram – tabiatda eng kam uchraydigan foydali qazilmalardan biri. Wikipediaga ko‘ra, bugungi kunda volfram zahiralari faqatgina 10ta mamlakatda borligi aniqlangan. Dunyoda bir yilda o‘rtacha 50 tonna volfram moddasi qazib olinadi.

Volfram – og‘ir, o‘ta qattiq va erish harorati eng yuqori (3695 gradus) bo‘lgan metall hisoblanadi. Aynan shu xususiyatlari uchun volframdan cho‘g‘lanma lampa spirali, elektron payvandlash aspoblari, turli kesuvchi va teshuvchi aspoblar (sverlo), qizdrish spirallari yasaladi.

Harbiy sanoatda ham volfram tengi yo‘q metall hisoblanadi. Volframdan zirhni teshuvchi snarad va o‘qlar, raketalarning uch qismlari, radioaktiv himoya vositalari yasaladi.

O‘zbekiston volfram qazib olishni boshlaydi