O‘zbekiston tarixida ilk marta Shavkat Mirziyoyev bilan intervyu

Kecha, 24-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tavallud kuni munosabati bilan “Janob Prezident” nomli film efirga uzatildi.
Sputnik

Film O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning dastlabki tarixiy intervyusi asosiga qurilgan. Unda O‘zbekiston xalqi hayotidagi eng muhim o‘zgarishlar, respublikaning ichki siyosatdagi ustuvor maqsadlari, tashqi siyosatdagi pozitsiyasi haqida so‘z boradi.

Prezidentning bir yarim yil davomidagi shiddatli faoliyati haqida  xalqaro ekspertlarning fikrlari o‘rin olgan.

Filmda davlat rahbari bilan bevosita uchrashgan, muloqot  qilgan fuqarolar taasurotlari bilan tanishish mumkin.