TOShKENT, 23-iyul — Sputnik. O‘zgidromet iyul oyi oxiriga mo‘ljallangan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 25-28 iyul kunlari respublikada havo harorati asta-sekin pasayadi. Ba’zi joylarda harorat 31 darajagacha tushadi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari. Kam bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini sharq tomonga o‘zgartirib sekundiga 7-12 metrni tashkil etadi, 25-iyul kuni 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi 18-23 daraja, kunduzi 32-37 daraja issiq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Kam bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini sharq tomonga o‘zgartirib sekundiga 7-12 metrni tashkil etadi, 25-iyul kuni 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. 25-iyul kechasi harorat 20-25 daraja issiq, 26-28 iyul kunlari 17-22 daraja iliq, kunduzi 31-36 daraja issiq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyati. Kam bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini sharq tomonga o‘zgartirib sekundiga 7-12 metrni tashkil etadi, 25-iyul kuni 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi 18-23 daraja, kunduzi 32-37 daraja issiq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Kam bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi. Havo harorati kechasi 18-23 daraja, kunduzi 32-37 daraja issiq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Kam bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini sharq tomonga o‘zgartirib sekundiga 7-12 metrni tashkil etadi, 25-iyul kuni 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. 25-iyul kuni kechasi harorat 23-28 daraja, kunduzi 35-40 daraja issiq, 26-28 iyul kunlari kechasi 20-25 daraja, kunduzi 33-38 daraja issiq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari. Kam bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini sharq tomonga o‘zgartirib sekundiga 7-12 metrni tashkil etadi, 25-iyul kuni 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi 16-21 daraja iliq, kunduzi 22-27 daraja issiq bo‘ladi.
Respublikada so‘nggi haftalar ichida anomal issiq havo harorati kuzatilmoqda.
FVV xavfsizlik choralarini ko‘rishni, ko‘p miqdorda ichimlik suvi iste’mol qilishni, zaruratsiz ko‘chaga chiqmaslikni, jismoniy harakatlarni kamaytirishni so‘ragandi.