Matiz - orqaga qayt, biz seni sog‘indik!

Matiz - rossiyalik avtomobilchilar eng sog‘ingan avtomobil bo‘ldi.  
Sputnik

TOShKENT, 22-iyul - Sputnik. Rossiyalik ekspertlar ayni damda ishlab chiqarish to‘xtatilgan avtomobillar orasida xaridorlar eng sog‘ingani modellar nomini e’lon qildi.

Matiz bilan Zaporoj qarindoshmi?

Car.ru portali yozishiga ko‘ra, oldin O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan Daewoo Matiz avtomobili –rossiyalik avtomobilchilar eng sog‘ingan avtomobil bo‘ldi.  

Ikkinchi o‘rinda Hyundai ix35 krossoveri. Uning o‘rnida ayni damda  Hyundai Tucson ishlab chiqarilmoqda.

Ushbu reytingning uchinchi qatorini AvtoVAZning Lada Samara avtomobili egallagan. Ayni damda Samara o‘rnida Lada Granta avtomobillari sotilmoqda.