Bu yil kirish imtihonlarida poraxo‘rlik bo‘lmaydi

2018 yilda oliygohlarga imtihon topshirgan talabalar soni oldingi yillarga nisbatan kam bo‘ldi, buning sabablari bilan Sputnik muxbirining reportajida tanishing.
Sputnik

TOShKENT, 22-iyul — Sputnik. Bu yil O‘zbekistonda 675 ming nafar abituriyent turlli oliy ta’lim maskanlariga hujjat topshirdi. Mutaxassislar prognozlariga ko‘ra abituriyentlar soni 810 ming kishi bo‘lishi kerak edi. Nahotki O‘zbekiston yoshlari uchun oliy ta’limning qadr-qimmati yo‘qoldgan bo‘lsa? Yoki bunga o‘qish narxining oshishi sabab bo‘lgandir?  

Ushbu savol bilan Sputnik muxbiri Xalqaro press-klubda bo‘lib o‘tgan anjuman doirasida O‘zbekiston o‘rta va oliy ta’lim vaziri Inomjon Majidovga murojaat qildi.

“Buning sababi OTMlarga kirish imtihonlari olish tartibining o‘zgarishida bo‘lishi mumkin. Bu yil joriy etilgan yangi tartib abituriyentlarning bir qismini hujjat topshirishdan voz kechishga majbur qilgan bo‘lishi mumkin. Yana bir sabab – 50 mingdan ortiq abituriyentlar kechki va sirtqi bo‘limlarga hujjat topshirishgan. Undan tashqari 60 mingdan ortiq kishilar maxsus sirtqi bo‘limga hujjat topshirishadi. Umumiy hisobda bunday abituriyentldar soni 100 mingdan oshadi”, - dedi vazir.

Ikkinchidan, bu yil birinchi marotaba kirish imtihonlari bir kunda (1 avgust) emas, 1 -15 avgustga qadar bo‘lib o‘tadi. Imtihonlar kun davomida ikki smenada bo‘lib o‘tadi. Birinchi smena soat 08:00 da boshlanadi, ikkinchi smena esa soat 15:00da. Respublika bo‘ylab kirish imtihonlari 60ta pavilonda bo‘lib o‘tadi. Ularning barchasida videokuzatuv olib boriladi.

Qarshi davlat universitetiga abituriyentlardan eng ko‘p hujjat topshirildi

Shpargalka va elektron qurilmalar olib kirishga ruxsat berilmaydi. Undan tashqari kirish imtihonlari bo‘lib o‘tayotgan OTM xodimlari imtihon jarayoniga aralashmaydi.

Imtihonga kirish uchun abituriyent yonida faqat pasport va DTM ruxsatnomasi bo‘lishi kerak xolos. Ruxsatnomada imtihon vaqti, manzil va bino ko‘rsatilgan bo‘ladi. Ruchka va suv bino ichida bo‘ladi. Abituriyentlar kirish oldidan metall qidiruvchi ramkadan tashqari shaxsni aniqlovchi maxsus dastur yordamida ham sinovdan o‘tishadi.

Eslatib o‘tamiz, bu  yil tasviriy san’at, musiqa, dizayn va arxitektura, sport sohalaridagi oliy ta’lim maskanlarida kirish imtihonlarida test savollari o‘rniga ijodiy imtihonlar bo‘lib o‘tadi. Ushbu imtihonlar 25-iyuldan 10-avgustga qadar davom etadi.

Davlat test markazi telegrammda tarqalayotgan soxta xabarlarga ishonmaslikka chaqirdi

Toshkent pediatriya meditsina institutining Nukus filiali direktori Oral Ataniyazova aytishiga qaraganda bu yilgi kirish imtihonlari – mamlakat oliy ta’limi tarixida yangi sahifa ochadi.

“Bu - “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risidagi” qonunning sifatli amalga oshirishning yaqqol misolidir. Tarixda birinchi marotaba imtihonlar katta pavilonlarda, korrupsiya bilan bog‘liq har qanday noqonuniy holatlarda xoli ravishda bo‘lib o‘tadi. Har bir abituriyent alohida o‘tiradi. Uning yaqin atrofida yarim metr masofada hech kim bo‘lmaydi”, - deydi Ataniyazova.

Ataniyazova aytishiga qaraganda, bu yil Qoraqalpog‘istonda faoliyat yuritayotgan 6ta oliygohga 40 ming abituriyent hujjat topshirgan. Imtihonlar har biri 840 kishiga mo‘ljallangan ikki pavillionda bo‘lib o‘tadi. Har kuni ikki smenadan imtihon olganda abrcha baituriantlarni tekshirish uchun 12 kun kerak bo‘ladi.