O‘zbekistonda Rossiya yadro universiteti filiali tashkil etiladi

Filial yadro energetikasi va issiqlik fizikasi sohasida muhandis-texnik xodimlarni tayyorlaydi, shuningdek yadro fizikasi sohasida fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarni olib boradi.
Sputnik

TOShKENT, 21-iyul – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrida “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti” federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasining filialini tashkil etish va uning faoliyatini tashkillashtirish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.

Prezident Fanlar akademiyasining Yadro fizikasi institutiga tashrif buyurdi

Filial yadro energetikasi va issiqlik fizikasi sohasida muhandis-texnik xodimlarni tayyorlaydi, shuningdek yadro fizikasi sohasida fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarni olib boradi.

Filial ta’lim faoliyatini 2019/2020-o‘quv yilidan boshlaydi. Ta’lim asosiy muassasa tasdiqlagan o‘quv rejalari va dasturlari bo‘yicha olib boriladi.

“MMFI” filialiga qurilishi tugallanmagan radiokimyo majmuasi va unga tutash hududlar beriladi. Bu yerda binolar rekonstruksiyasi hamda talabalar va o‘qituvchilar yashashi uchun yotoqxonani tayyorlash ishlari boshlanadi.

Davlat granti asosida tahsil olgan filial bitiruvchilari O‘zbekiston ishlab chiqarish-sanoat tashkilotlarida eng kamida besh yil ishlab berish sharti bilan ishga taqsimlanadi.