Shavkat Mirziyoyev Qo‘yliq metro yo‘lini Navro‘zgacha bitirish haqida topshiriq berdi

Umumiy uzunligi 52,1 kilometrdan iborat metro qurilishi besh bosqichda amalga oshiriladi.
Sputnik

TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qo‘yliq metro yo‘lini Navro‘zgacha bitirish haqida topshiriq berdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi. 

O‘zbekistonda ilmiy ishlanmalarni qo‘llab-quvvatlash uchun 100 mln dollar ajratiladi

Dastlab Toshkent metropolitenining "Do‘stlik" bekatidan Qo‘yliq bozorigacha bo‘lgan qismi quriladi. 11 kilometrlik bu qismda sakkizta bekat bunyod etiladi.

Xabarda aytilishicha, O‘zbekiston rahbari Yashnobod tumaniga tashrif buyurib, mazkur metro qurilishining borishi bilan tanishdi.

"Jamoat transportining faqat neft yoki gazga bog‘lanib qolishi noto‘g‘ri. Yer usti metrosi arzon, qulay va xavfsiz. Eng muhimi, bu boshqa jamoat transportlaridagi yuklamani o‘ziga oladi, shahar markazidagi tirbandlikni kamaytiradi. Yo‘l haqi tushumiyam vaqtida va joyida bo‘ladi", - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shu jihatlarni hisobga olib, qurilishni tezlashtirish, ishni bir necha smenada tashkil etib, ertaroq qurib bitkazish zarurligi ta’kidlandi.

Shavkat Mirziyoyev Qo‘yliq metro yo‘lini Navro‘zgacha bitirish haqida topshiriq berdi

Prezident yer usti metrosining birinchi bosqichini kelgusi yil Navro‘z bayrami arafasida foydalanishga topshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.