Ilk bor tuzilgan OTMlar reytingida O‘zbekiston Milliy universiteti birinchi o‘rinda joylashdi

Reyting Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan hamkorlikda tuzilgan bo‘lib, oliy ta’lim muassasalari reytingi 23ta indikator asosida baholandi.
Sputnik

TOShKENT, 19-iyul – Sputnik. Ilk bor tuzilgan O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalari reytingida O‘zbekiston Milliy universiteti birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Shu yilning mart-iyun oylarida 57ta oliy ta’lim muassasalari faoliyati tahlil qilindi va tajriba-sinov tariqasida ularning 2018-yil 1-yanvar holatiga reytingi ishlab chiqildi.

Reytingga ko‘ra, yuqori uchlikni quyidagi oliy ta’lim muassasalari egalladi: 1-o‘rin - O‘zbekiston Milliy universiteti, 2-o‘rin - Toshkent Davlat sharqshunoslik instituti, 3-o‘rin - Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.

Qarshi davlat universitetiga abituriyentlardan eng ko‘p hujjat topshirildi

Yuqori o‘nlikdan shuningdek, quyidagi oliy ta’lim muassasalari joy oldi: Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti, Samarqand Davlat universiteti, Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkent Davlat stomatologiya instituti,  O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti, Toshkent temir yo‘l transporti muhandislari instituti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.

Reytingda quyi pog‘onani egallagan 10 ta oliy ta’lim muassasalari:

Namangan muhandislik-texnologiya instituti (48-o‘rin), Navoiy Davlat pedagogika instituti (49),  Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti (50), Qarshi Davlat universiteti (51), Jizzax politexnika instituti (52), Samarqand Davlat arxitektura-qurilish instituti (53), O‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat instituti (54), Milliy rassomchilik va dizayn instituti (55), Jizzax Davlat pedagogika instituti (56) va Qo‘qon Davlat pedagogika instituti (57).

Reyting Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi bilan hamkorlikda tuzilgan bo‘lib, oliy ta’lim muassasalari reytingi 23ta indikator asosida baholandi.