TOShKENT, 17-iyul — Sputnik. Tojikiston hukumati huzuridagi atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi rahbari Talbak Salimov Sarez ko‘lining suvini kamaytirishni taklif qildi. Sputnik Tojikiston xabariga asosan.
Amaldorning so‘zlariga ko‘ra, Markaziy Osiyoda ulkan suv toshqini xavfi mavjud.
Salimov suv resurslari kerak bo‘lgan davlatlarga suvni sotish zarurligini taklif qildi.
Qo‘mita rahbari ta’kidlashicha, ko‘lni suvsiz qoldirish Tojikistonga zarar yetkazmaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, respublika yetarli suv resurslariga ega.
Salimov imkon qadar "Sarez muammosini" tezroq hal qilish zarurligini alohida ta’kidlab o‘tdi. Chunki ko‘l yuqori darajadagi xavf zonasi bo‘lib qolmoqda.
“Biz fojia qachon bo‘lishini bilmaymiz – bugun, ertaga, bir yildan keyin”, - deb qo‘shimcha qildi amaldor.
Xavfli ko‘l
Sarez ko‘li Tojikistonning Tog‘li-Badaxshon avtonom viloyati Murg‘ab tumanida joylashgan. Uning uzunligi – 70 kilometrga yaqin, chuqurligi esa – 500 metrga yaqin. Suv umumiy hajmi 17 kvadrat kilometrni tashkil qiladi.
1911 yil mart oyida sodir bo‘lgan 9 balli zilzila oqibatida Bartang darosi yopilib, ushbu ko‘l paydo bo‘ldi. Ko‘lning quyi oqimida joylashgan aholi punktlariga xavf tug‘diradi. Chunki suv chiqib ketsa ulkan suv massasi sel oqimi bilan deyarli Orol dengizigacha yetib borishi mumkin.
Xavf zonasida 6 million kishi istiqomat qiladi.