"Matrosskaya Tishina" qamoqxonasida O‘zbekiston fuqarosi ochlik e’lon qildi

Moskva shahar sudi avvaliga uni 10-yilga oxodlikdan mahrum qilishga hukm chiqargan, ammo shikoyat berilganidan va psixiatrik ekspertizadan so‘ng jazo muddati 5-yilga qisqartirilgan.
Sputnik

TOShKENT, 16-iyul - Sputnik. Moskvadagi "Matrosskaya Tishina" SIZOsida 21 yoshli Marufjon Shakarov bir oydan ortiq vaqtdan buyon ochlikni davom ettirmoqda, deb yozadi "Moskovskiy komsomoles".

Moskva shahar sudi O‘zbekiston fuqarosini giyohvand modda iste’mol qilgani uchun 5-yilga ozodlikdan mahrum qilgan.

Nashrning yozishicha, 2016-yilda Shakarovni politsiya patruli to‘xtatgan, u qochishga tushgan, politsiyachilar uning yonidan yettita tugunchada giyohvandlik moddalari topishgan.

Stokgolm sudi teraktda gumon qilinayotgan Oqilov bo‘yicha hukm chiqaradi

Ayblanuvchi esa ikki politsiyachiga hujjatini ko‘rsatganini, uchinchi politsiyachi ham hujjatlarni ko‘rmoqchi bo‘lganida e’tiroz bildirganini ta’kidlamoqda. So‘ngra politsiyachilar uni milliy kelib chiqishini kamsitib haqorat qilishgan. Orada nizo kelib chiqqan.

Unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Moskva shahar sudi avvaliga uni 10-yilga oxodlikdan mahrum qilishga hukm chiqargan, ammo shikoyat berilganidan va psixiatrik ekspertizadan so‘ng jazo muddati 5-yilga qisqartirilgan.

Vrachlar unda giyohvandlik alomatlarini topishmagan.