UZCARD kartalariga Rossiya to‘lov servislaridan pul o‘tkazish xizmati ishga tushdi

Pul mablag‘i to‘g‘ridan-tug‘ri Uzsard kartalariga tushiriladi va chet eldan 500 dollarlik limit bilan pul o‘tkazish imkoni mavjud.
Sputnik

TOShKENT, 14-iyul – Sputnik. Uzcard  kartalariga QIWI va CONTACT pul o‘tkazmalari orqali pul o‘tkazish xizmati yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda UZCARD matbuot xizmati xabar qildi.

“Endilikda siz“QIWI o‘tkazmalari” va “CONTACT pul o‘tkazmalari” xizmatlaridan bemalol foydalanishingiz mumkin. Ushbu xushxabar Uzsard kartasining barcha egalari hamda O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan barcha banklarning mijozlariga taalluqlidir”, - deyiladi xabarda.

CLICK kartadan kartaga mablag‘ o‘tkazishni yo‘lga qo‘ydi

Ma’lumot berilishicha, pul o‘tkazmalari faqat bir tomonlama amal qilmoqda, ya’ni O‘zbekiston hududiga pul o‘tkazish imkoniyati yaratildi.

Pul mablag‘i to‘g‘ridan-tug‘ri Uzsard kartalariga tushiriladi va chet eldan 500 dollarlik limit bilan pul o‘tkazish imkoni mavjud.

Jo‘natuvchidan 2% lik komissiya to‘lovlari yechib olinadi.

Kompaniya yaqin kunlarda QIWI va CONTACT pul o‘tkazmalari xizmatining qo‘shimcha funksiyalari ham joriy qilinishini bildirgan.