Toshkentda Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan metallni qayta ishlaydigan korxona ish boshladi

Zavod sexlari Yevropa davlatlaridan keltirilgan ilg‘or texnologik liniyalar bilan jihozlangan.
Sputnik

TOShKENT, 13-iyul – Sputnik. Toshkentda yiliga 760 tonna metallni qayta ishlashga mo‘ljallangan yuqori texnologiyali korxona ishga tushirildi. Bu haqda "Xalq so‘zi" xabar berdi.

“Metal Processing” mas’uliyati cheklangan jamiyati “O‘zto‘qimachiliksanoat“ uyushmasi hamda Iqtisodiyot vazirligi tomonidan Shveysariyaning “Rieter AG “ kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Rossiya kompaniyasi Angren Packni to‘liq sotib olishga qaror qildi

Xabarda aytilishicha, zavod sexlari Yevropa davlatlaridan keltirilgan ilg‘or texnologik liniyalar bilan jihozlangan. Ular yordamida qalinligi 1 millimetrdan 12 millimetrgacha bo‘lgan po‘lat listlar qayta ishlanib, to‘qimachilik mashinasozligi uchun import o‘rnini bosuvchi detallar tayyorlanadi.

Joriy yil yakuniga qadar zavod jamoasi “Riter-O‘zbekiston“ korxonasiga 755 ta har xil detal yetkazib berishni mo‘ljallamoqda.

Zavod Markaziy Osiyoda yagona bo‘lib, dastlab to‘qimachilik mashinasozligi uchun zarur detallar ishlab chiqarilsa, kelgusida og‘ir sanoat korxonalari uchun import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar yetkazib beriladi. Ichki bozor ehtiyoji ta’minlangach, eksport qilish ham ko‘zda tutilgan.

Loyiha ijrosi uchun qariyb 4 million AQSh dollari miqdorida xorijiy investitsiya jalb etildi.