O‘zbekiston hukumatida yana bir xorijlik fuqaro yuqori lavozimga tayinlandi

Ushbu mutaxassisning nomzodini O‘zbekistonga Germaniya tomoni tavsiya qilgan.
Sputnik

TOShKENT, 11-iyul – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Karsten Xaynsni innovatsion rivojlanish vazirining o‘rinbosari etib tayinladi, deb xabar berdi RIA Novosti Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmatiga asoslanib.

Latviyalik mutaxassis O‘zbekistondagi sut sanoati korxonalariga maslahatlar beradi

Ma’lum qilinishicha, ilgari Xayns Germaniya Ta’lim va ilmiy tadqiqotlar vazirligida ishlagan.

"Prezident Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan GFR fuqarosi Karsten Xayns O‘zbekiston innovatsion rivojlanish vaziri etib tayinlandi", — dedi vazirlik vakili.

Ushbu mutaxassisning nomzodini O‘zbekistonga Germaniya tomoni tavsiya qilgan.

Xayns O‘zbekiston hukumatidagi ikkinchi xorijiy mutaxassis bo‘ldi. 2013-2017 yillarda Janubiy Koreya fuqarosi Kim Nam Sok axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlagandi.

Bundan tashqari, respublikada ayni paytda turli sohalarda Turkiya, Janubiy Koreya, Latviya va Gruziya fuqarolari maslahatchi lavozimlarida faoliyat olib bormoqda.