Xiaomi smartfonlari savdo rastalarini tark etadi

Xiaomi smartfonlari bundan buyon POCOPHONE brendi ostida savdoga chiqariladi.
Sputnik

TOShKENT, 10-iyul — Sputnik. Yevropa va AQSh bozorlarida bundan buyon Xiaomi smartfonlari savdoga chiqarilmaydi, deb xabar qilmoqda kompaniya matbuot xizmati.

XiaomiToday sayti xabariga ko‘ra, kompaniya o‘zi uchun juda murakkab bo‘lgan qarorni qabul qilgan – Xiaomi bundan o‘z nomi ostida smartfonlarni savdoga chiqarmaydi.

Samsung kompaniyasi ilgari ishlatilgan smartfonlarni sotishni rejalashtirmoqda

Bundan buyon kompaniya ishlab chiqarayotgan telefonlar dunyo bozorlarida POCOPHONE nomi ostida savdoga chiqariladi. Xiaomi brendi butunlay savdodan chiqib ketishi yoki faqatgina Xitoy ichki bozori uchun saqlanib qolishi mumkin, — deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Xitoyning Xiaomi kompaniyasi ishlab chiqarayotgan mahsulotlarning sifati kundan kunga oshib bormoqda. Bugungi kunda kompaniya mahsulotlarining sifati Samsung, Sony, Apple va LG kabi dunyoning yetakchi brendlari mahsulotlari bilan raqobatbardosh darajagacha yuqori ko‘tarilgan. Lekin shunga qaramasdan, xaridarlar orasida Xitoyda ishlab chiqarilgan telefonlarga ishonchsizlik haligacha saqlanib qolgan.

Kompaniyanig rebrending qilish haqidagi qaroriga balkim aynan shu narsa sabab bo‘lgan bo‘lsa ajab emas. Yangi, POCOPHONE brendi ostida ishlab chiqarilayotgan telefonlarda Xitoyni eslatib turuvchi hech narsa bo‘lmaydi, — deyilgan xabarda.