Yaponiyada kuchli yog‘ingarchilik tufayli 100 kishi halok bo‘ldi

NHK telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, 50 nafarga yaqin kishi bedarak yo‘qolgan.
Sputnik

TOShKENT, 9-iyul — Sputnik. Yaponiyada kuchli yomg‘ir oqibatida 100 kishi halok bo‘ldi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti axborot agentligi.

Yoqutistonda oltin yomg‘iri: samolyot juda qimmatbaho yukni yo‘qotib qo‘ydi
Nashrning Kiodo agentligiga tayanib xabar berishicha, Okayama prefekturasining Kurasiki shahrida suv toshqinidan so‘ng yana 7 nafar kishining jasadi topilgan. Yaponiyaning janubiy qismida suv toshqinlari tufayli 100 kishi halok bo‘lgan.

NHK telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, 50 nafarga yaqin kishi bedarak yo‘qolgan.

Yaponiya meteoxizmati yangi suv toshqinlari xavfi haqida ogohlantirmoqda.

Eng ko‘p Xonsyu orolining janubiy-g‘arbiy qismi Xirosima prefekturasi va Sikoku orolining Exime prefekturasi talofot ko‘rgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada Yaponiyaning markaziy va janubiy-g‘arbiy qismi kuchli yog‘ingarchiliklar ostida qolgan edi.

O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berishicha, prezident Shavkat Mirziyoyev Yaponiyaning markaziy va janubi-g‘arbiy hududlarida ro‘y bergan suv toshqini oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani va talafotlar yetgani munosabati bilan Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abega hamdardlik bildirgan.