Namangan viloyatiga qariyb 300 million dollarlik investitsiya kiritish rejalashtirilmoqda

Loyihalar Kosonsoy, Pop, To‘raqo‘rg‘on, Uychi, Chortoq, Chust, Yangiqo‘rg‘on hamda Namangan tumanlarida amalga oshiriladi.
Sputnik

TOShKENT, 9-iyul - Sputnik. “Obod qishloq” davlat dasturi doirasida Namangan viloyatida 34ta investitsion loyiha amalga oshiriladi, deb xabar berdi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi.

Namanganda mamlakatda qiyosi yo‘q bo‘ladigan maydoni 110 gektarli bog‘ quriladi

Loyihalar Kosonsoy, Pop, To‘raqo‘rg‘on, Uychi, Chortoq, Chust, Yangiqo‘rg‘on hamda Namangan tumanlarida amalga oshiriladi.

"Taklif qilingan loyihalarni amalga oshirish uchun 299,5 mln dollar miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya kiritish rejalashtirilgan. Ular qiymati 60,7 mln dollarlik 10ta loyiha, 117,3 mln dollarlik 10ta loyiha va 121,5 mln dollarlik 14ta istiqbolli loyihalardir", - deyiladi xabarda.

Taklif qilinayotgan investitsion loyihalar orasida Namanganda Janubiy koreyalik investorlar bilan hamkorlikda zamonaviy ko‘p tarmoqli klinika, Pop tumanida XXRlik investorlar bilan kichik yuk avtomobillari ishlab chiqarish, Uychi tumanida turkiyalik, Chust tumanida rossiyalik hamda Yangiqo‘rg‘on tumanida xitoylik investorlar  bilan korxonalar tashkil etish kabi loyihalar mavjud.