Har o‘ninchi qozog‘istonlik qarzlari tufayli davlatdan chiqishdan mahrum etilishi mumkin

Eslatib o‘tamiz, 1-iyuldan boshlab Qozog‘istonda Soliq kodeksiga kiritilgan tuzatishlar qonuniy kuchga kirgan. Bu soliq bo‘yicha qarzdorlar hayotini sezilarli murakkablashtirgan. Xususan, ayrim turdagi bank operatsiyalarini taklif qiluvchi banklar va tashkilotlar endilikda soliq to‘lovchi-qarzdorlarga hisob raqamini ochishda rad javobini berishi belgilangan.
Sputnik

TOShKENT, 9-iyul — Sputnik. Qozog‘iston chegarasi mamlakatdan chiqmoqchi bo‘lgan har o‘ninchi fuqaro uchun yopilishi mumkin. Buning sababi ulkan miqdordagi aholining soliqlar bo‘yicha qarzdorligida, deb xabar qiladi, Sputnik Qozog‘iston.

Ostona davlat daromadlari departamenti ma’lumotlariga ko‘ra, faqatgina poytaxtning o‘zida 70 mingdan ziyod fuqarolar soliq va jarimalarni to‘lashmagan.

Qozog‘iston Rossiyaning ayrim hududlaridan parranda mahsulotlari olib kirishni ta’qiqladi
Butun Qozog‘iston bo‘yicha statistikani shakllantirish metodologiyasi tushuntirilmagan, biroq "har o‘ninchi qozog‘istonlik" qarzdorligi ta’kidlanmoqda.

Aniqroq tasavvurga ega bo‘lishingiz uchun — mamlakat aholisining 10 %i — bu Olma-Ota singari yirik shahar aholisi soniga (1,8million kishiga) teng.

Ostona davlat daromadlari departamenti  birgina Sariarkin tumanining o‘zida soliq to‘lamagan minglab fuqarolarga jinoiy ish qo‘zg‘atilgani va bu chet elga chiqishda to‘siq bo‘layotganligini ma’lum qilmoqda.

Shu bois, departament oldindan davlat oldidagi qarzdorlikni tekshirish va mamlakat Soliq kodeksiga rioya qilishni tavsiya qilib kelmoqda.