O‘zbekiston delegatsiyasi Ashxobodga yo‘l olmoqda

Delegatsiya 9-iyul kuni "Yevropa Ittifoqi - Markaziy Osiyo" shaklidagi siyosat va xavfsizlik bo‘yicha yuqori darajali Muloqotning navbatdagi uchrashuvida ishtirok etadi
Sputnik

TOShKENT, 9-iyul — Sputnik. O‘zbekiston delegatsiyasi Turkmanistonga tashrif uyushtiradi, deb xabar qilindi O‘zbekiston prezidenti rasmiy saytida.

Shavkat Mirziyoyev avgust oyida Turkmanistonga tashrif buyurishi mumkin
"O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov boshchiligidagi delegatsiya Ashxobod shahriga tashrif buyuradi va 2018-yil 9-iyul kuni "Yevropa Ittifoqi — Markaziy Osiyo" shaklidagi siyosat va xavfsizlik bo‘yicha yuqori darajali Muloqotning navbatdagi uchrashuvida ishtirok etadi", — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, ilgariroq O‘zbekiston prezidenti joriy yil avgust oyida Turkmanistonga rasmiy tashrif bilan borishi haqida xabar bergan edik.

2018 yil 29-iyun kuni Turkmaniston rahbari Gurbanguli Berdimuhammedov telefon muloqoti davomida O‘zbekiston prezidentini joriy yil avgust oyida Ashxobodda bo‘lib o‘tadigan Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta’sischi davlatlari rahbarlarining sammitida ishtirok etishga taklif qilgan edi.