Samarqandlik ayol ikki qizini o‘ldirib, o‘zini jarohatladi

Ayol hozirda pichoqlangan holatda kasalxonaga olib borilgan
Sputnik

TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida istiqomat ayol o‘z uyida qizlariga pichoq bilan jarohat yetkazdi.

Andijonda ayol ikki bolasi bilan o‘zini suvga tashladi
O‘zbekiston IIV xabariga ko‘ra, ayol o‘z qizlarining qorin qismiga pichoq bilan jarohat yetkazgan, so‘ngra pichoq yordamida o‘z joniga su’iqasd qilishga harakat qilgan.

Oqibatda 2011-yilda va 2017-yilda tug‘ilgan qizaloqlar hodisa joyida hayotdan ko‘z yumishgan, ayolning o‘zi esa kasalxonaga yetkazilgan.

Ilgariroq, xuddi shunga o‘xshash hodisa Andijon viloyatida yuz bergan edi. U yerda ayol yetti yashar qizi va uch yashar o‘g‘li bilan o‘zini suvga tashlagan. Ikkala bola ham halok bo‘lgan, onani esa yo‘lovchilar suvdan chiqarib olganlar.