O‘zbekiston Turkmaniston bilan chegarani demarkatsiya qilish masalasini muhokama qildi

O‘zbekiston-Turkmaniston chegarasining ayrim uchastkalarida birgalikdagi dala tekshiruvlari natijalari ko‘rib chiqildi.
Sputnik

TOShKENT, 2-iyul — Sputnik. 2018-yil 25-iyunidan 1-iyuliga qadar Turkmanistonda O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha O‘zbekiston-Turkmaniston hukumatlararo qo‘shma komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi, deb xabar qildi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

Shavkat Mirziyoyev avgust oyida Turkmanistonga tashrif buyurishi mumkin

Muzokaralar davomida O‘zbekiston-Turkmaniston chegarasining ayrim uchastkalarida birgalikdagi dala tekshiruvlari natijalari ko‘rib chiqildi.

Ishchi guruhlari uchrashuvlari yakuniga ko‘ra Bayonnoma imzolandi.

2017 yildan buyon O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga davlat tashrifi doirasida erishilgan kelishuvlarga muvofiq, ko‘p yillik tanaffusdan so‘ng davlat chegarasini demarkatsiya qilish bo‘yicha ikki mamlakat ishchi guruhlarining muzokaralari qayta boshlandi va hozirgi vaqtga qadar joylarda chegara o‘tish chizig‘ini aniqlash maqsadida 9 ta uchrashuv o‘tkazilgan.