Samarqand viloyatida 330 dan ortiq sanoat va qishloq xo‘jalik loyihalari amalga oshiriladi

Sanoatni rivojlantirish bo‘yicha qiymati 4 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lgan 203 ta, qishloq xo‘jaligini asosiy tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha qiymati 1 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lgan 130 loyihalar amalga oshiriladi.
Sputnik

TOShKENT, 2-iyul — Sputnik. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 28-iyundagi qarori bilan 2018-2019 yillarda Samarqand viloyatini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi, deb xabar qildi Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" Telegram-kanali.

Samarqandda ikkita zamonaviy yo‘l o‘tkazgich ko‘prik quriladi

Qabul qilingan dastur quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

— dasturning asosiy yo‘nalishlari va umumlashtirilgan ko‘rsatkichlari;

— sanoatni rivojlantirish bo‘yicha tadbirkorlik loyihalari manzilli ro‘yxati;

— qishloq xo‘jaligining asosiy tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha tadbirkorlik loyihalarining manzilli ro‘yxati;

— xizmatlar va servis sohasini rivojlantirish bo‘yicha tadbirkorlik loyihalarining manzilli ro‘yxati;

— muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va irrigatsiya tizimini yanada rivojlantirish tadbirlari;

— ichimlik suvi va oqova suv tarmoqlarini yanada yaxshilash tadbirlari;

— ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, sport va boshqa ijtimoiy soha obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish hamda mukammal ta’mirlash tadbirlari;

— respublika va mahalliy budjet mablag‘laridan qo‘shimcha ravishda moliyalashtiriladigan tadbirlar.

Dastur doirasida sanoatni rivojlantirish bo‘yicha qiymati 4 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lgan 203 ta, qishloq xo‘jaligini asosiy tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha qiymati 1 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lgan 130 loyihalar amalga oshiriladi.