Rossiya AQSh bilan munosabatlarni normallashtirish yo‘lidan borishga tayyor - Peskov

Putin va Tramp uchrashuvi 16-iyul kuni bo‘lib o‘tadi. Prezidentlar RF va AQSh o‘rtasidagi munosabatlarning istiqboldagi rivojlanishi, shuningdek, xalqaro kun tartibidagi boshqa dolzarb masalalarni muhokama qilishni rejalashtirmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. Rossiya tomon amerika tomon istagan darajada AQSh bilan munosabatlarni normallashtirishga tayyor, deb bayonot berdi Rossiya prezidenti matbuot-kotibi Dmitriy Peskov.

Putin va Tramp uchrashuv joyi va sanasi ma’lum bo‘ldi
"Prezident (RF prezidenti Vladimir) Putin avval boshdanoq Rossiya Federatsiyasi AQSh bilan munosabatlarni normallashtirish yo‘lidan va amrikalik hamkasblarimiz tayyor bo‘lgan darajada munosabatlarni rivojlantirishga tayyor va bundan manfaatdorligini ma’lum qilgan", — dedi Peskov jurnalistlarga.

Peskov Amerika yetakchisining Moskva va Vashingtonning munosabatlari yaxshilanishiga Shtatlardagi ichki siyosiy qarama-qarshiliklar halal berayotgani to‘g‘risidagi ta’kidlariga izoh berib o‘tirmadi.

"Bu fikr Rossiya tomonidan emas, balki prezidentning o‘zi (AQSh prezidenti) tomonidan aytildi, shu bois bu yerda manba xabarga tayanish kerak", — dedi Peskov.