Qobulda 38ta suiqasdni boshdan kechirgan spesnaz komandiri o‘ldirildi

Qobulda shohid-terrorchi hujumi oqibatida kamida besh kishi halok bo‘ldi
Sputnik

TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. Afg‘oniston politsiyasi spesnazi qo‘mondoni Azizulloh Karvan Qobulda noma’lum shaxslar tomonidan o‘ldirib ketildi, deb xabar qildi RIA Novosti Tolo News kanalidan olingan ma’lumot asosida.

Xabarda aytilishicha, Karvan Afg‘oniston janubi-sharqidagi Paktika provinsiyasida politsiyachilar spesnazining 01 bo‘linmasiga qo‘mondonlik qilgan.

Mart oyida Pajvak agentligiga bergan intervyusida Karvan kuch tuzilmalaridagi 16-yillik faoliyati davomida o‘z joniga qilingan 38ta suiqasdni boshdan kechirganligi haqida aytib bergan.