Surxondaryoda o‘gay o‘g‘lini o‘ldirib, hojatxona chuquriga ko‘mib yuborgan shaxs qo‘lga olindi

Ushbu mudhish qotillik oradan 11-yil o‘tgach aniqlangan
Sputnik

TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. Surxondaryoda o‘gay o‘g‘lini o‘ldirib, hojatxona chuquriga ko‘mib yuborgan shaxs qo‘lga olindi, deb xabar berdi O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi

Andijonda ayol ikki bolasi bilan o‘zini suvga tashladi
Xabarda aytilishicha, hodisa 2007-yilning oktabr oyida yuz bergan.
Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanida yashovchi Q.Sh. uyida birga yashagan 4 yoshli o‘gay o‘g‘li Y.M.ning boshiga qo‘li bilan urgan. Natijada bola yerga yiqilib hushidan ketib, vafot etgan.
Shundan so‘ng Q.Sh. bola jasadini uyi oldidagi hojatxona uchun kavlangan chuqurga ko‘mib tashlagan.

"Ko‘rilgan choralar natijasida Q.Sh. ushlanib voqea joyi bo‘lgan hovlisidan suyak qoldiqlari va qora rangli mato bo‘laklari topib olingan", — deyiladi xabarda.