O‘zbekistonda 2-iyuldan 4 xil tanga pul muomalaga chiqariladi

Markaziy banki 2-iyuldan yangi namunadagi 50, 100, 200, 500 so‘mlik tangalarni muomalaga chiqaradi.
Sputnik

TOShKENT, 28-iyun – Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki 2-iyuldan yangi namunadagi 50, 100, 200, 500 so‘mlik tangalar muomalaga chiqarilshini e’lon qildi.

O‘zbekistonda 2-iyuldan 4 xil tanga pul muomalaga chiqariladi

Tanga pullar muomalaga chiqarilishi bilan eski namunadagi 50 va 100 so‘mlik tangalarini, shuningdek 50, 100, 200 va 500 so‘mlik banknotlarini muomaladan qaytarib olish ko‘zda tutilgan, - deyilgan xabarda.

O‘zbekistonda 2-iyuldan 4 xil tanga pul muomalaga chiqariladi

Mazkur chora-tadbirlarni amalga oshirish tartibi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Eski namunadagi pullarni muomaladan qaytarib olish tabiiy yo‘l bilan, ya’ni bank kassalariga kelib tushgan ushbu tangalar va banknotlarni qayta muomalaga chiqarmaslik orqali amalga oshiriladi.

O‘zbekistonda 2-iyuldan 4 xil tanga pul muomalaga chiqariladi

Bank xabariga ko‘ra, eski namunadagi 50, 100 so‘mlik tangalar banknotlar 2019-yilning 1-iyuliga qadar, 200 va 500 so‘mlik banknotlar 2020 yilning 1 iyulga qadar muomalada qoladi.

O‘zbekistonda 2-iyuldan 4 xil tanga pul muomalaga chiqariladi

Ushbu tangalar va banknotlar savdo, xizmat ko‘rsatish va boshqa soha subyektlarining kunlik naqd pul tushumi sifatida bank kassalariga topshiriladi hamda qayta muomalaga chiqarilmaydi.

Aholi qo‘lidagi eski namunadagi tangalar va banknotlarni bank filiallari orqali ham yangi namunadagi tangalarga almashtirib olishlari mumkin.