Lukashenko O‘zbekistonga yangi elchixona qurishni taklif qildi

Lukashenko O‘zbekiston yangi elchixonasi uchun Minskda yaxshi joy taklif qilishini aytdi.
Sputnik

TOShKENT, 27-iyun – Sputnik. Belorussiya prezidenti Aleksandr Lukashenko, ikki mamlakat diplomatik munosabatlariga 25-yil to‘lishi munosabati bilan,  Minskda yangi elchixona qurishni taklif qildi, deb xabar qilmoqda BELTA.

“Biz O‘zbekiston bilan ko‘p ishlarni amalga oshirdik, yangi elchixona binosi qurishga qaror qilsangiz, biz yaxshi joy taklif qilishimiz mumkin”, - dedi davlat rahbari O‘zbekiston elchisi Nosirjon Yusupovga ishonch yorliqlari topshirish marosimida.

Lukashenko O‘zbekiston va Belarusni bog‘lab turgan do‘stlik rishtalarining yuqori baholashini va ko‘p yilllik hamkorining Minskda to‘laqonli diplomatik vakolatxona ochish haqidagi qarorini qo‘llab-quvavatlashini aytdi.

Belarusda yashaydigan o‘zbekistonliklar Minskdagi elchixonaga murojaat qilishlari lozim

“Bu o‘zaro suhbatni chuqurlashtirish uchun o‘z vaqtida amalga oshirilgan muhim qadam qadam”, - dedi Belorussiya rahbari.     

Nosirjon Yusupov aytishiga qaraganda Belorussiya rahbari O‘zbekiston tomonining yangi elchixona qurish haqidagi niyatini anglagan.

“Yaqin orada biz qurilishni boshlaymiz, lekin oldin ba’zi tashkiliy-texnik ishlarni hal qilib olishimiz kerak”, - dedi elchi.

O‘zbekiston elchisining so‘zlariga ko‘ra, Belorussiya va O‘zbekiston munosabatlari oxirgi vaqtlarda juda izchil rivojlanib bormoqda. Ayni damda ikkala tomon ham Belorussiya rahbarining O‘zbekistonga rejalashtirilayotgan tashrifiga tayyorgarlik ko‘rishmoqda.