TOShKENT, 25-iyun — Sputnik. Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida 21 – 24-iyun kunlari 1 – xalqaro "Kulollar va kulolchilik mahsulotlari" festivali bo‘lib o‘tdi. Festivalda O‘zbekistonning barcha hududlaridan kelgan hunarmandlar ishtirok etishdi, deb xabar qilmoqda Rishton tuman hokimiyati.
"Tashkilotchilar ushbu festivalni doimiy ravishda o‘tkazib turishga qaror qilishdi. Kelgusida Turkiya, Italiya, Ozorbayjon davlarining kulollarini ham festivalga jalb etish rejalashtirilgan" - deydi tuman xokimining o‘rinbosari Abdusalom Siddiqov.
Rishtonda kulolchilik festivali bo‘lib o‘tdi
© Xokimiyat Rishtanskogo rayona
Festivalda, shuningdek, Yaponiya,Germaniya, Fransiya,Belorus, Buyuk Britaniya, Tojikiston, Qizgiziston kabi davlatlardan xorijiy sayyohlar ham tashrif buyurdi.