Yangi Xalq ta’limi vaziri takliflar so‘rab jamoatchilikka murojaat qildi

O‘zbekiston Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov barcha qiziqish bildirganlarni o‘z tavsiyalari bilan qatnashishga chorlamoqda
Sputnik

TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. O‘zbekiston fuqarolari O‘zbekistonda ta’lim tizimini yanada takomillashtirish jarayonida ishtirok etishadi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Inoyatov ishdan ketdi. O‘zbekistonliklar ta’lim tizimi "oyoqqa turishiga" umid qilishmoqda

Xalq ta’limi vazirligi buning uchun barchani hamkorlikka taklif etmoqda.

Jumladan, Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov barcha qiziqish bildirganlarni O‘zbekistonda ta’lim tizimini yanada rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilayotgan yo‘l xaritasiga kiritish uchun o‘z tavsiyalari bilan qatnashishga chorlamoqda.

"Prezidentimiz tomonidan Xalq ta’limi tizimini tubdan isloh qilish, ta’lim sifatini oshirish, o‘qituvchilarning jamiyatdagi hurmatini yuqori darajaga ko‘tarish, maktablarning holatini yaxshilash va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish bo‘yicha juda katta vazifalar belgilab berildi. Ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun maktab ta’limi sohasidagi mavjud muammolarning yechimlari bo‘yicha o‘z taklif-mulohazalaringizni bildirishingizni so‘raymiz", — deb yozgan Shermatov o‘zining Feysbukdagi sahifasida.

Takliflarni yuborish uchun quyidagi havolada formani to‘ldirish talab etiladi.