Gulnora Karimovaning advokati O‘zbekistonga 810 mln $ qaytarilishi bo‘yicha shikoyat qilmoqchi

Shu yil may oyida Shveysariya prokurorlari Jeneva va Surixdagi banklardagi Gulnora Karimova hisobida bo‘lgan mablag‘larni O‘zbekistonga repatriatsiya qilish to‘g‘risida buyruq berganlar.
Sputnik

TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. Gulnora Karimova advokati Shveysariya banklarida muzlatib qo‘yilgan 700 million Shveysariya frank (800 million dollar) miqdorida mablag‘larni O‘zbekistonga qaytarilishi bo‘yicha norozilik shikoyatini kiritmoqchi. Bu haqda Podrobno.uz nashri NZZ am Sontag gazetasiga asoslangan holda xabar qildi.

Gulnora Karimovaga AQShga kirish ta’qiqlandi

Himoyachi Greguar Manja tez protsedura bo‘yicha mablag‘larni musodara qilinishiga qarshiligini bildirib, bu borada Federal jinoyat sudiga murojaat qilmoqchi.

Yaqinda OAVlar Bern hukumati imkon qadar Toshkentga tezroq pullarni qaytarishga manfaatdorligi haqida xabar berilgandi. NZZ am Sontag gazetasi qayd etishicha, may oyida Shveysariya prokurorlari Jeneva va Surixdagi banklardagi Gulnora Karimov hisobida bo‘lgan mablag‘larni O‘zbekistonga repatriatsiya qilish to‘g‘risida buyruq berganlar.

Karimovaning advokatiga so‘zlariga ko‘ra, oltita ayblanuvchining ikkitasini tan olish asosida musodara qilish jinoyat ishining norasmiy bo‘lishiga tenglashtiriladi va himoya ostida bo‘lgan mijozning adolatli sudlovga bo‘lgan huquqlarini buzadi.