Jahon banki Rog‘un GESi qurilishini moliyalashtirmaydigan bo‘ldi

Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha vitse-prezidenti Siril Muller suv masalalari bo‘yicha Dushanbeda bo‘lib o‘tgan anjuman chog‘ida bergan intervyusida bank boshqa bir yirik GES qurilishini moliyalashtirishini ma’lum qildi.
Sputnik

TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. Tojikiston Rog‘un GESini qurish uchun Jahon bankidan moliyaviy yordam olmaslikka qaror qildi, dedi Jahon banki mulozimi Reyter agentligiga.

"Tojikiston 3,9 milliard dollarlik GES qurilishini moliyalashtirish uchun o‘tgan yili 500 million dollarlik dastlabki yevroobligatsiyalarni chiqargandi, biroq endi GES qaysi mablag‘lar evaziga moliyalashtirilishi noma’lumligicha qolmoqda", — deyiladi agentlik xabarida.

Toshkent va Dushanbe Rog‘un GESi qurilishi bilan bog‘liq xavflarni birgalikda o‘rganadi

Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha vitse-prezidenti Siril Muller suv masalalari bo‘yicha Dushanbeda bo‘lib o‘tgan anjuman chog‘ida bergan intervyusida bank boshqa bir yirik GES qurilishini moliyalashtirishini ma’lum qildi.

"Hukumat bilan kelishgan holda biz Nurek elektr stansiyasining ta’mirlanishini moliyalashtirishga qaror qildik va bu bizning energetika tizimidagi yirik investitsiyamiz bo‘ladi", — degan Muller.

Shu bilan birga, Mullerning aytishicha, O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi munosabatlarning mustahkamlanishi elektr energiyasi eksporti uchun yangi istiqbollarni yaratadi.

Xabarda aytilishicha, Tojikistonda ishlab chiqariladigan elektr energiyasining to‘rtdan uch qismi Nurek GESiga to‘g‘ri keladi.