O‘zbekiston o‘rik eksporti bo‘yicha dunyoda oltinchi o‘rinni egalladi

2016 yilda O‘zbekiston o‘rik eksport qilish hajmi bo‘yicha faqatgina Ispaniyadan ortda qolib ikkinchi o‘rinni egallagan
Sputnik

TOShKENT, 21-iyun — Sputnik. O‘zbekiston o‘rik eksporti hajmi bo‘yicha dunyoda oltinchi o‘rinda turibdi. Bu haqda East-fruit portali ma’lum qildi.

O‘zbekiston gilos eksporti bo‘yicha Ispaniyani ortda qoldirib dunyoda 4-o‘ringa ko‘tarildi

Ekspertlarning ta’kidlashicha, keyingi yilda respublika o‘rik eksportini ikki baravarga – 50 ming tonnadan 23 ming tonnaga kamaytirdi.

O‘zbekistondan yuqori o‘rinlarda Ispaniya, Turkiya, Fransiya, Italiya va Gretsiya turibdi.

2016 yilda O‘zbekiston o‘rik eksport qilish hajmi bo‘yicha faqatgina Ispaniyadan ortda qolib ikkinchi o‘rinni egallagan. Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, bunda o‘rikning deyarli 100%i faqat bir davlatga – Rossiyaga eksport qilingan.