TOShKENT, 21-iyun - Sputnik. O‘zbekistonda dori ta’minoti sohasida davlat monopoliyasi bekor qilindi, deb xabar qilmoqda Podrobno.uz Prezident qaroriga asosan.
O‘tgan yilning noyabr oyida “O‘zmedimpeks” davlat unitar korxonasi ijtimoiy muhim ahamiyatga ega bo‘lgan dorilarni import qiluvchi, saqlovchi va yetkazib beruvchi yagona korxona sifatida tayinlangan edi.
O‘tgan davr tajribasi shuni ko‘rsatdiki “O‘zmedimpeks” aptekalarga dorilarni o‘z vaqtida yetkazib bera olmagan. Masalan, ushbu yilning may oyida Surxondaryo viloyatiga buyurtma berilgan dorilar juda kechi yetib kelgan, Andijon viloyatiga buyurtma berilgan dorilarning faqat 16% yetib kelgan.
Bundan buyon, davolash maskanlari o‘zlari uchun dori yetkazib beruvchi tashkilotni mustaqil tanlab oladilar.