“Vatanparvar” tashkiloti rahbari o‘rinbosari pora olayotganda ushlandi

U bu pullarni mashg‘ulotlarga kelmasdan guvohnoma olishga yo‘l ochib berishi uchun olmoqchi bo‘lgan.
Sputnik

TOShKENT, 20-iyun – Sputnik. Toshkent shahar IIBB tezkor-qidiruv guruhi va prokuratura organlari hamkorligida noqonuniy “pul mukofoti”ni olish holati aniqlandi, deb xabar berdi Toshkent ShIBB matbuot xizmati.

Toshkentda avtosalon xodimlari pora bilan qo‘lga olindi

Xabarda aytilishicha, haydovchilarni tayyorlovchi MK “Vatanparvar” tashkilotining sho‘’ba unitar korxonasi rahbari o‘rinbosari o‘z xonasida 500 dollar va 200 ming so‘m miqdorida “mukofot puli” olayotgan vaqtda IIBB huzuridagi Jinoyat qidiruv boshqarmasining Iqtisodiy xavfsizlik va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.

U bu pullarni mashg‘ulotlarga kelmasdan guvohnoma olishga yo‘l ochib berishi uchun olmoqchi bo‘lgan.

Prokuratura tomonidan qo‘lga kiritilgan daliliy ashyolar va materiallar asosida qo‘lga olingan shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 210-moddasi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.