O‘zbekiston TIVning yangi manzili ma’lum bo‘ldi

Kuni kecha Tashqi ishlar vazirligi yangi manzilga ko‘chayotgani to‘g‘risida ma’lumot bergan edik
Sputnik

TOShKENT, 20-iyun — Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi qayerga ko‘chib o‘tgani ma’lum bo‘ldi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

Oliy Majlis Senati Tashqi ishlar vazirligi binosiga ko‘chmoqda

Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Amir Temur ko‘chasida joylashgan sobiq hokimiyat binosida joylashadi.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi boshqa binoga ko‘chib o‘tayotgani haqida xabar bergan edik.

Tashqi ishlar vazirligi boshqa binoga ko‘chib o‘tishi munosabati bilan TIVning internetdagi rasmiy manbalarida uzilishlar bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirgan edi.

TIVning binosini O‘zbekiston parlamenti — Oliy Majlisning yuqori palatasi egallagani ma’lum qilingan edi.