TOShKENT, 19-iyun – Sputnik. O‘zbekistonning tog‘ va tog‘oldi hududlarida sel kelish xavfi mavjud. Bu haqda FVV Favqulodda vaziyatlarda boshqaruv Markazi xabar qildi.
“2018 yilning 19-21 iyun kunlari respublikaning tog‘ va tog‘oldi hududlarida sel kelishi xavfi mavjud. Tog‘ va tog‘oldi hududlarida yashovchi aholi diqqatiga! Ehtiyot choralarini ko‘rishingizni, hamda avariya va boshqa noxush holatlar vujudga kelganda, FVVning (+99871) 147-10-50 "Tezkor raqam”iga murojaat etishingizni iltimos qilamiz”, - deyiladi Markaz xabarida.
Eslatib o‘tamiz, 8-iyun kuni Qamchiq dovonida sel kelishi oqibatida bir nechta avtomobilni sel oqizib ketgani xabar qilingandi.