Bosh prokuratura va BMT o‘rtasida jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum transmilliy uyushgan jinoyatchilik, korrupsiya va boshqa jinoyatlar yuzasidan hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari va shakllari belgilandi.
Sputnik

TOShKENT, 19-iyun — Sputnik. 2018-yil 14-iyun O‘zbekiston Bosh prokurori O.Murodov rahbarligidagi delegatsiyasi BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha Boshqarmasiga (BMT NJB) tashrif buyurdi, deb xabar qildi Bosh prokuratura matbuot xizmati.

O‘zbekiston va Fransiya ekstraditsiya to‘g‘risida shartnoma tuzishni muhokama qildi

BMT Bosh kotibining muovini, BMT NJB Ijrochi direktori Yuriy Fedotov delegatsiya bilan uchrashuv davomida O‘zbekistonda kechayotgan yangilanishlarning yuqori dinamikasini e’tirof etdi.

Ikki tomonlama hamkorlikni muhokama etish jarayonida Yu.Fedotov tomonidan 2017-yil noyabr oyida Toshkentda O‘zbekiston prezidenti Sh.M.Mirziyoyev bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv va imzolangan hamkorlik yo‘l xaritasining ahamiyatini ta’kidlandi.

Xorijiy xamkorlarga O‘zbekistonda inson huquqlari, jamoat tartibi va xavfsizlikka rahna soluvchi global tahdidlarga qarshi kurash sohasida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar yuzasidan ma’lumot berildi.

Xususan, davlatning jinoyat-huquqiy siyosati jinoyat oqibatlari bilan kurashish yo‘nalishidan qonunbuzarliklarning barvaqt profilaktikasi va oldini olishga tomon o‘zgarayotganligi hamda bu jarayonda prokuratura organlarining alohida o‘rni ta’kidlandi.

Bosh prokuraturada yangi tayinlov

Uchrashuv mobaynida O‘zbekiston Bosh prokuraturasi va BMT NJB o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolanib, unda transmilliy uyushgan jinoyatchilik, korrupsiya va boshqa jinoyatlar yuzasidan hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari va shakllari belgilandi.

Imzolangan hujjatning amaliy tadbiq etilishi masalalari muhokama qilinib, Memorandum hamkorlikni yangi sifat darajasiga ko‘tarish maqsadini ko‘zlashi ta’kidlandi. Xususan, o‘zaro amaliy xamkorlik yuzasidan aniq tadbirlar rejasi tuzish masalasida kelishuvga erishildi.

Bu borada departament direktori D.Brandolino, shuningdek adliya, terrorizmga qarshi kurashish, kiberjinoyatchilik, noqonuniy pul aylanmasi va boshqa seksiya rahbarlari bilan ishchi uchrashuvlar tashkil etildi.