TOShKENT, 19-iyun — Sputnik. Tojikiston Islom markazi o‘z ayollarini ular uchun odatiy bo‘lmagan jinsiy aloqaga majburlaydigan erkaklarni qoraladi.
Juma namozida aytilgan va’z markaz saytida e’lon qilingan.
Tojikistonlik diniy ulamoning so‘zlariga ko‘ra, bunday "buzuqchilik" manbai — bu internet va pornofilmlardir.
Tojikiston islom markazi fatvolar bo‘limi rahbari Jamoliddin Xomushiyning izoh berishicha, Saidmukarram Abdulqodirzoda o‘z erlarining hatti-harakatlaridan tahqirlangan ayollardan ko‘plab arzlar kelib tushgach ushbu nozik mavzuda fatvo e’lon qilgan. Ayollarning so‘zlariga ko‘ra, erkaklar tomonidan g‘ayrioddiy tarzda jinsiy aloqalarga majburlash ular Rossiyadan qaytib kelgach boshlangan.
Tojikistonlik taniqli shifokor, "Asrori zanoshui" kitobi muallifi, Mulozuxur Toxiriy oral jinsiy aloqa Tojikistonda unchalik ommabop emasligi, uni kamsonli er-xotinlar amaliyotda qo‘llashlarini aytib o‘tgan. "Jinsiy aloqaning bu turini potensiyasi susaygan erkaklarga tavsiya etishadi", — deydi u.