Toshkent metrosida Wi-Fi xizmati ishga tushirildi

Passajirka metro polzuyetsya planshetnim kompyuterom
Toshkent metropolitenining "Paxtakor" va "Alisher Navoiy" bekatlarida Wi-Fi xizmati sinov tariqasida ishga tushirildi.
Sputnik

TOShKENT, 18-iyun — Sputnik. Toshkent metropolitenining "Paxtakor" va "Alisher Navoiy" bekatlarida Wi-Fi xizmati sinov tariqasida ishga tushirildi, deb xabar qildi "Xalq so‘zi" nashri.

Dorojnie raboti na ulitse v Tashkente
Toshkentning to‘rtta markaziy ko‘chasi mutlaqo yangicha ko‘rinishga ega bo‘ladi

Xabarda aytilishicha, hozircha internet tashqi saytlarga ulana olmaydi. Yo‘lovchilar simsiz tarmoq orqali faqat metropoliten resurslari bilan tanishishlari mumkin. Ular o‘z ichiga kitoblar, musiqalar va foydali axborotlarni qamrab olgan.

Kelgusida OAV manbalaridan foydalanish imkoniyati ham yaratiladi. O‘zbekistonni diqqatga sazovor joylari haqida ma’lumot beruvchi elektron gidlar joriy etiladi. Sinov rejimi Mustaqillik kuni nihoyasiga yetadi.

Bundan tashqari, yerosti yo‘lida uyali aloqa tizimi ham paydo bo‘lishi mumkin.