O‘zbekiston – Moldova shartnomalari inventarizatsiya qilindi

O‘zbekiston Moldova bilan turli sohalardagi munosabatlarini tiklamoqda. Ikki davlat Hukumatlararo komissiyasining so‘nggi uchrashuvi bundan 16-yil oldin bo‘lib o‘tgan.
Sputnik

TOShKENT, 17-iyun – Sputnik. Kishinevda 15-iyun kuni O‘zbekiston – Moldova TIV rahbarlari o‘rinbosarlari darajasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda vazirlik matbuot xizmati.

Moldova prezidenti: Bizga MDH bilan hamkorlik qilish samarali

Uchrashuvda Moldova Tashqi ishlar va Yevropa bilan integratsiya vazirligi davlat kotibi Tatana Molchan boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etgan.

Muzokaralarda ikki tomonlama munosabatlar, jumladan siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion va madaniy-gumanitar hamkorlik kabi yo‘nalishlardagi aloqalarning muhim masalalari batafsil muhokama qilindi. Shuningdek, savdo, qishloq xo‘jaligi, turizm, ta’lim sohasidagi kooperatsiya hamda akademik almashinuvlar uchun ulkan salohiyat mavjudligi qayd etildi.

Shu kunning o‘zida bo‘lib o‘tgan TIV vakillari uchrashuvida ikki tomon aloqalarning shartnomaviy-huquqiy bazasi inventarizatsiya qilingan va O‘zbekiston Moldova orasida kelajakda imzolanishi mumkin bo‘lgan hujjatlar loyihalari yuzasidan fikr almashilgan.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, O‘zbekiston — Moldova Hukumatlararo komissiyasining so‘nggi uchrashuvi bundan 16-yil oldin bo‘lib o‘tgan.