"O‘zbekiston havo yo‘llari" Airbus A320neo samolyotlarini xarid qiladi

"O‘zbekiston havo yo‘llari" rahbariyati Airbus A320 samolyotlarini sotib olish borasida xorijlik hamkorlar bilan uchrashuv o‘tkazgan.
Sputnik

TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. "O‘zbekiston havo yo‘llari" aviakompaniyasi Airbus A320neo yangi tor fuzelyajli samolyotlarga ega bo‘ladi. Bu haqda MAK matbuot xizmatiga asoslanib nuz.uz xabar berdi.

"O‘zbekiston havo yo‘llari" aviaparkiga yana bir Boeing-787 Dreamliner samolyoti keltirildi

Aviakompaniya lizing asosida to‘rtta Airbus A320 turkumidagi Airbus A320neo samolyotlarini sotib oladi.

"Bular tor fuzelyajli yo‘lovchi reaktiv samolyotlarining yangilangan versiyasidir. O‘rtacha 150-200 o‘rinli bu samolyotlar tejamkor dvigateli va fuzelyajining zamonaviy ishlanmasi bois yonilg‘ini sezilarli ravishda tejash imkonini beradi", — deb ma’lum qilgan aviakompaniya.

"O‘zbekiston havo yo‘llari" rahbariyati Airbus A320 samolyotlarini sotib olish borasida xorijlik hamkorlar bilan uchrashuv o‘tkazgan. Tez orada MAK havo kemalarini lizing asosida taqdim etuvchi boshqa kompaniyalar bilan muzokaralarda qatnashadi.