Muqimiy teatri ilk bor Tojikistonga gastrol safari uyushtiradi

Bu o‘zbek aktorlarining ikki davlat mustaqillikka erishganidan buyon Tojikistonga ilk gastrol safari bo‘ladi.
Sputnik

TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali drama teatri Tojikistonga gastrol safari uyushtiradi, deb xabar berdi TojikTA.

O‘zbekiston O‘sh teatriga 30 ming dollarlik libos va dekoratsiyalar taqdim qildi

Bu o‘zbek aktorlarining ikki davlat mustaqillikka erishganidan buyon Tojikistonga ilk gastrol safari bo‘ladi.

Gastrol safari 29-iyun-2 iyul kunlariga mo‘ljallangan. Teatr jamoasi "Jaydari kelin" komediyasini namoyish etadi.

Sahna ustalari dastlab Xo‘jandda, so‘ngra Dushanbe va Boxtardagi teatrlarda chiqishlar qilishadi.

Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali drama teatri truppa sifatida 1939-yilda tashkil topgan.