Toshkentning to‘rtta markaziy ko‘chasi mutlaqo yangicha ko‘rinishga ega bo‘ladi

Hozir ko‘chalar loyihasi bilan turli davlatlardan kelgan 40 ta mutaxassis ish olib bormoqda. Ular ichida Fransiya, Germaniya, Janubiy Afrika, Turkiya va Rossiya arxitektorlari bor.
Sputnik

TOShKENT, 14-iyun — Sputnik. Yaqin vaqtlarda O‘zbekiston poytaxtining markaziy to‘rta ko‘chasi umuman yangicha qiyofaga ega bo‘ladi, bu haqda Xalqaro press-klub yig‘ilishida Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev ma’lum qildi.

Hokimiyat kuz-kish mavsumi talafotsiz o‘tadi, deya va’da berdi

Uning so‘zlariga ko‘ra, Toshkent o‘n yildan so‘ng qanday ko‘rinishga ega bo‘lishi bo‘yicha ish olib borilmoqda.

“Hozirgi vaqtda xorijiy mutaxassislar Farg‘ona yo‘li, Nurafshon yo‘li, Chorsu va uning bozor yaqin atrofi, Amir Temur shoh ko‘chasi bo‘yicha ish olib borishmoqda. Juda yaqin vaqtlarda tajriba natijalarini taqdim etamiz, o‘zila ko‘chalar qanday o‘zgarishini ko‘rasizlar”, - deb ta’kidladi Ortiqxo‘jayev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘z vaqtida ko‘chalar qurilishi o‘z vaqtida sifatli bajarilmaganligi uchun bugungi kunda tirbandliklar yuzaga kelmoqda.

“Hattoki, piyodalar yo‘laklari ham bo‘lmagan. Hozir bular bo‘yicha ish olib borilmoqda, shaharliklar ko‘chalar loyihalarini ko‘rishlari mumkin”, - deb qo‘shimcha qildi hokim vazifasini bajaruvchi Ortiqxo‘jayev.

Hozir ko‘chalar loyihasi bilan turli davlatlardan kelgan 40 ta mutaxassis ish olib bormoqda. Ular ichida Fransiya, Germaniya, Janubiy Afrika, Turkiya va Rossiya arxitektorlari bor. Hozir loyihalar bo‘yicha hujjatlarni tayyorlash bosqichida, bir necha kundan so‘ng, ya’ni 25-iyunda muhokama qilish uchun yuboriladi.

Barcha taklif va istaklar e’tiborsiz qoldirmaslikka va’da berildi. Loyihalar xalq tomonidan ma’qullangandan so‘ng, ularni amalga oshirishga kirishiladi.