TOShKENT, 14-iyun – Sputnik. O‘zbekiston musulmonlar idorasi Ramazon hayiti namozi o‘qilish vaqtini e’lon qildi.
Idora matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Ramazon hayiti namozi Toshkent shahrida 15-iyun kuni, ertalabki soat 05:10 da o‘qiladi.
Qolgan hududlarda taqvim kitoblaridagi hududlarda namoz vaqtlaridagi tafovutni inobatga olgan holda ado etiladi.
Avvalroq Ramazon hayiti munosabati bilan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga AQSh prezidenti Donald Tramp, Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev, Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev va boshqa xorijiy mamlakatlar davlat va hukumat rahbarlaridan tabrik maktublari kelganligi xabar qilingandi.