Belarus bosh vaziri O‘zbekistonga o‘zaro savdoni ko‘paytirishni taklif qildi

Minsk paxta tolasi, yangi va qayta ishlangan meva va sabzavotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazish bo‘yicha Toshkent taklifini ko‘rib chiqishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.
Sputnik

TOShKENT, 13-iyun — Sputnik. Belarus bosh vazir Andrey Kobakov O‘zbekiston parlament delegatsiyasiga o‘zaro savdoni ko‘paytirishni taklif qildi.

Belarusda yashaydigan o‘zbekistonliklar Minskdagi elchixonaga murojaat qilishlari lozim

O‘zbekiston parlament delegatsiyasi Belarusga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida Belarus bosh vaziri Kobakov va O‘zbekiston senat spikeri Nig‘matillo Yo‘ldoshev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv chog‘ida bosh vazir ikki davlat o‘rtasida tashqi savdo hajmi o‘sib borayotganini ta’kidladi.

"Biroq Belarus va O‘zbekiston uchun 130 million dollarlik o‘zaro savdo — bu juda kichik raqamlar. Iqtisodiyotimiz salohiyati bulardan ortiq, biz yaqin vaqtlarda o‘zaro savdoni ko‘paytirishimiz zarur", — deb Kobakov so‘zlarini keltiradi Belarus hukumati matbuot xizmati.

Belarus bosh vaziri so‘zlariga ko‘ra, Minsk O‘zbekistonga sut mahsulotlari, mol va tovuq go‘shtini yetkazib berishni taklif qilishi mumkin.
Minsk o‘z navbatida paxta tolasi, yangi va qayta ishlangan meva va sabzavotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazish bo‘yicha Toshkent taklifini ko‘rib chiqishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

Bosh vazir 2019-2020 yillarda hamkorlik qilish "yo‘l xaritasi"ni tayyorlashni taklif qildi. Kobakov mamlakatlar axborot texnologiyalar, ta’lim va madaniyat sohasida salohiyatga ega ekanligini e’tirof etdi. Shu bilan birga, Belarus O‘zbekistonda agrar majmualarini yaratishda ishtirok etishda tayyor ekanligini ma’lum qildi.